platina.uz
Jahon

Pokistonda kuchli yomgʻir va toshqinlarda 279 kishi halok boʻldi

1500 dan ortiq bino vayron boʻlgan, chorvachilik va dehqonchilikka katta zarar yetgani aytilmoqda. 

Pokistonda kuchli yomgʻir va toshqinlarda 279 kishi halok boʻldi

Pokistonda iyun oyi oxirida musson mavsumiga kirgan kuchli yomgʻir va shunga bogʻliq hodisalar tufayli kamida 279 kishi halok boʻldi va 676 kishi jarohatlandi.

Bu haqda OAVlar tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy boshqarmasi maʼlumotiga asoslanib yozmoqda.

1500 dan ortiq bino vayron boʻlgan, yuzlab odamlar evakuatsiya qilishga majbur boʻlingan. Chorvachilik va dehqonchilikka katta zarar yetdi.

Hisobotga koʻra, sharqiy Panjob viloyati eng koʻp qurbon boʻlgan – 151 kishi halok boʻlgan va 536 kishi jarohatlangan. Shimoli-gʻarbiy Xayber-Paxtunxva provinsiyasida 64 kishi halok boʻldi, 80 kishi jabrlandi.

Sind, Balujiston va Gilgit-Baltiston viloyatlaridan ham oʻlim holatlari qayd etilgan.

Mamlakat rasmiylari odamlarning hayotini saqlab qolish va zararni kamaytirishga harakat qilmoqda. Meteorologlarning maʼlum qilishicha, kuchli yogʻingarchilik yaqin kunlarda ham davom etishi kutilmoqda.

Pokistondagi musson mavsumi odatda iyundan sentabrgacha davom etadi va qishloq xoʻjaligi uchun juda muhim boʻlgan, lekin koʻpincha suv toshqini va boshqa tabiiy ofatlarga olib keladigan kuchli yomgʻir keltiradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid