platina.uz
Jamiyat

Buxoroda soliq inspektoriga nisbatan jinoyat ishi ochildi

U mahalliy MChJ rahbarining mol-mulkiga qoʻyilgan taqiqni bekor qilish evaziga pora talab qilgan. 

Buxoroda soliq inspektoriga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Buxoroda soliq inspektoriga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Buxoro shahrida faoliyat yurituvchi MChJ 2024 yil noyabr-dekabr hamda 2025 yil yanvar-fevral oylari uchun aylanmadan olinadigan soliq hisoboti va daromad soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmagan. Natijada MChJ rahbariga nisbatan Buxoro shahar soliq inspeksiyasi tomonidan maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorga asosan MIB Buxoro shahar boʻlimi tomonidan ijro ishi qoʻzgʻatiladi.

Oʻz navbatida, jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro shahar sudi tomonidan esa MChJga nisbatan qoʻllanilgan jazoni bekor qilish toʻgʻrisida qaror chiqariladi.

Ammo, Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi shoʻʼba bosh inspektori sud qaroriga asosan MChJ rahbarining mol-mulkiga qoʻyilgan taqiqni bekor qilish evaziga 400 AQSh dollari talab qiladi.

DXX va IJQK Departamenti viloyat boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda inspektor talab qilingan pul mablagʻini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatida advokat pora bilan ushlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid