Bastakor Sulton Ali Rahmatov olamdan oʻtdi
U anchadan buyon ogʻir kasallik bilan kurashib kelayotgandi.

Taniqli bastakor Sulton Ali Rahmatov olamdan oʻtdi. Bu haqda sanʼatkorning jiyani maʼlum qildi.
U anchadan buyon ogʻir kasallik bilan kurashib kelayotgandi.
Sulton Ali Rahmatov 1970 yil Toshkentda tugʻilgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2010), Nyu-York qirollik akademiyasi kompozitori (2006), Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoshidagi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli badiiy rahbari sifatida ishlagan. Vatan va boshqa mavzulardagi mashhur kuylar muallifi.
Ilk yakkaxon konsertini 2006 yil bergan.