platina.uz
Iqtisod

Ayrim kreditlar boʻyicha toʻlangan foizlarlarning bir qismi subsidiya sifatida qaytariladi

Bu paxta yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar bilan bogʻliq. 

Ayrim kreditlar boʻyicha toʻlangan foizlarlarning bir qismi subsidiya sifatida qaytariladi

Ayrim imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining bir qismi subsidiya sifatida qaytariladi.

Hukumat qarori bilan “Paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yili yakuniga qadar qaytargan qishloq xoʻjaligi subʼektlariga ushbu kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining bir qismini subsidiya sifatida qaytarish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom paxta xomashyosini yetishtirish uchun Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 4 foiz punktini subsidiya sifatida qaytarish tartibini belgilaydi.

Nizomga koʻra, subsidiya oluvchi paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar va hisoblangan foiz toʻlovlarini hosil yilining 31 dekabriga qadar toʻliq qaytargan boʻlishi kerak.

Arizalar tijorat bankining Bosh ofisi "Subsidiya.mf.uz" portali orqali yuboriladi.

Tijorat banki tomonidan barcha maʼlumotlar "Subsidiya.mf.uz" portaliga toʻliq kiritilib, ariza shakllantirilgandan soʻng ajratiladigan subsidiya miqdori avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi.

Subsidiya oluvchining soliqlar va majburiy toʻlovlardan qarzdorligi boʻlmaganda, subsidiya mablagʻlaridan erkin foydalanadi.

Avval yer qaʼridan foydalanishga oid huquqbuzarlik boʻyicha xabar berganlar ragʻbatlantirilishi maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid