platina.uz
Jamiyat

Avgust oyida ob-havo qanday boʻladi? "Oʻzgidromet" maʼlumot berdi

Ushbu oy asosan quruq boʻlishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida oy davomida yomgʻir yogʻishi ehtimoli kam. 

Avgust oyida ob-havo qanday boʻladi? "Oʻzgidromet" maʼlumot berdi

Joriy yilning avgust oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda? "Oʻzgidromet" bu haqda maʼlumot berdi.

Avgust oyi quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanadi.

Oyning katta qismida harorat asosan kunduzi 34-37 daraja atrofida, janubda baʼzi joylarda 40-41 darajagacha boʻladi. Bunday harorat yoz fasli uchun juda qulay boʻlib, u avgust oyidagi oʻrtacha yillik qiymatlarga yaqindir.

Kechalari harorat asosan 18-23 daraja boʻladi.

Uchinchi oʻn kunlikda harorat kechalari asta-sekin 13-18 darajagacha, kunduz kunlari 30-35 darajagacha, janubda 36-38 darajagacha pasayadi.

Avgust oyi asosan quruq boʻlishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida oy davomida yomgʻir yogʻishi ehtimoli kam.

Eslatib oʻtamiz, 17iyuldan boshlab, Oʻzbekiston hududiga juda issiq ob-havo oqimlari kirib keldi. Oʻtgan hafta oxirlaridan ob-havo harorati pasaya boshladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid