AQSh va YeI yirik savdo kelishuviga erishdi
Yevropa Ittifoqi davlatlari AQShdan 750 milliard dollarlik harbiy texnika va energiya resurslarini sotib oladi.

AQSh va Yevroittifoq yirik savdo kelishuviga erishdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan Shotlandiyadagi golf klubida uchrashdi.
Matbuot anjumanida Tramp Yevropa Ittifoqi davlatlaridan AQShGA import bojlari kamida 15 foiz boʻlishini, unga koʻra, Yevropa Ittifoqi davlatlari AQShdan 750 milliard dollarlik harbiy texnika va energiya resurslarini sotib olishini hamda Amerika iqtisodiyotiga 600 milliard dollar sarmoya kiritishini aytdi.
Fon der Lyayenning taʼkidlashicha, tomonlar foydali bitim tuzishga muvaffaq boʻlishgan.
Yevropa Ittifoqi AQSh bilan bojlarni 30 foizdan 15 foizgacha pasaytirish boʻyicha kelishuv doirasida Rossiya neft va gazidan voz kechib, ularni Amerika yoqilgʻisi bilan almashtirishga rozi boʻldi.
"15% - xursand boʻladigan holat emas, lekin bu biz olishimiz mumkin boʻlgan eng yaxshi natija", dedi Yevrokomissiya rahbari.
Fon der Lyayen xonimning soʻzlariga koʻra, tariflar Yevropaning aksariyat tovarlari, jumladan, avtomobillar, yarimoʻtkazgichlar va farmatsevtika mahsulotlariga nisbatan qoʻllaniladi.
Tariflarni pasaytirish evaziga Yevropa Ittifoqi Amerika tovarlarini bojsiz import qilishga, Qoʻshma Shtatlarga sarmoya kiritishni kengaytirishga va AQShning energiya va harbiy texnikasiga boʻlgan talabni kafolatlashga rozi boʻldi.