platina.uz
Jahon

Tailand va Kambodja mojaroni vaqtincha toʻxtatishga kelishdi

AQSh prezidenti Donald Tramp tomonlarni yarashtirishga harakat qilmoqda. 

Tailand va Kambodja mojaroni vaqtincha toʻxtatishga kelishdi

Tailand va Kambodja harbiy harakatlarni vaqtincha toʻxtatishga kelishib oldi.

AQSh prezidenti Donald Tramp ularni yarashtirishga harakat qilmoqda.

The Nation nashrining yozishicha, Tailand va Kambodja qurolli kuchlari kuchli yomgʻir tufayli chegara hududlarida harbiy harakatlarni vaqtincha toʻxtatgan. Lekin hozirda ikkala tomon ham oʻz keskin pozitsiyalarini saqlab qolishgan.

Prezident Donald Tramp esa Kambodja va Tailand rahbariyati bilan gaplashganini aytdi. U ikki davlat muzokaralarga tayyor, deb ishontirdi.

"Ikkala tomon zudlik bilan sulh va tinchlikka erishilishini istaydi. Shuningdek, ular Qoʻshma Shtatlar bilan savdo muzokaralariga qaytishni istaydi, bizning fikrimizcha, janglar toʻxtatilmaguncha, bu mumkin emas.

Ular zudlik bilan uchrashib, oʻt ochishni toʻxtatish va oxir-oqibat tinchlik boʻyicha muzokaralar olib borishga kelishib oldilar. Bu amalga oshgach, men ikkala davlat bilan savdo aloqalarini davom ettirishni orziqib kutaman!" deya yozdi AQSh prezidenti Truth Social tarmogʻida.

Bir necha kuni avval Tailand va Kambodja chegarasida keskinlik roʻy berdi. Oʻndan oshiq kishi halok boʻldi.

Oʻzbekiston tomonlarni muammoni tinch yoʻl bilan hal etishga chaqirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid