platina.uz
Jamiyat

Yosh tadbirkorlar bilan yirik ochiq muloqot tashkil etildi

Muloqotda yoshlar tomonidan turli yoʻnalishlarda (soliq, turizm, kredit, startaplar, qonunchilik, texnologiya va boshqalar) koʻplab dolzarb muammo va takliflar bildirildi.

Yosh tadbirkorlar bilan yirik ochiq muloqot tashkil etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 30 iyun kungi ochiq muloqotida ilgari surilgan tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida, “Yoshlarni eshitamiz” nomi ostida yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan ochiq muloqotda 200 nafar ishtirokchi markaziy studiyadan oflayn, 400 nafar hududiy va 25 ta davlatdan 70 nafar xorijdagi tadbirkor yoshlar onlayn ishtirok etdi.

Ochiq va samimiy oʻtgan muloqot davomida yoshlar tomonidan turli yoʻnalishlarda (soliq, turizm, kredit, startaplar, qonunchilik, texnologiya va boshqalar) koʻplab dolzarb muammo va takliflar bildirildi.

Bu murojaatlar vazirlik, idora va tashkilot vakillari tomonidan oʻrganib chiqib, baʼzi masalalarga shu joyning oʻzida izoh berildi, boshqa takliflar boʻyicha esa aniq choralar belgilandi.

Shuningdek, uchrashuvda Agentlikning Youtube va Telegram sahifalari orqali oʻz taklif va muammolarini yoʻllagan yosh tadbirkorlarning murojaatlari mutasaddilar tomonidan bevosita koʻrib chiqildi.

Ochiq muloqot Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilib, unda Investitsiya, Adliya, Raqamli texnologiyalar vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Turizm qoʻmitasi, Markaziy bank, Aloqabank, Milliybank va boshqalar mutasaddilar ishtirok etdi.

Muloqot yakunida barcha fikr va tashabbuslar tizimlashtirilib, mutasaddilarga yoʻnaltirilmoqda va ijrosi boʻyicha nazorat oʻrnatiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid