platina.uz
Jahon

Ramzan Qodirov Turkiyada choʻkib ketishiga bir baxya qoldi

Checheniston rahbari Egey dengizi sohilida dam olayotgan boʻlgan.

Ramzan Qodirov Turkiyada choʻkib ketishiga bir baxya qoldi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Turkiyada taʼtil paytida choʻkib ketishiga sal qoldi, deya yozmoqda OAVlar.

Qodirov Egey dengizi sohilida dam olayotgan boʻlgan. Hodisa Bodrumda, Qodirov yashayotgan besh yulduzli mehmonxona yaqinida yuz berdi.

Checheniston rahbari sohilda qutqarib olindi va zudlik bilan xususiy klinikaga olib ketildi.

"Qodirov suvga tushganidan keyin u birdan choʻkib keta boshladi. Buni birinchi boʻlib mehmonxona xodimlari payqab qolishdi, ular zudlik bilan tez yordam va qirgʻoq qoʻriqlash xizmatini chaqirishdi. Voqea joyiga qutqaruvchilar va shifokorlar yetib kelib, sohilda birinchi tibbiy yordam koʻrsatishdi", - deb yozadi turk nashrlaridan biri.

Klinikada shifokorlar bemorning ahvoli barqaror ekani, hayotiga xavf yoʻqligini maʼlum qilishdi. Tez orada unga javob berilgan. Checheniston rasmiylaridan hozircha hech qanday izoh berilmagan.

Eslatib oʻtamiz, Ramzan Qodirovning sogʻligʻi koʻp muhokama qilinadi. Avvalroq u Putindan isteʼfo soʻragani ham xabar berilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid