platina.uz
Siyosat

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining qator mansabdorlari ishdan olindi

Talʼat Valiyev Xavfsizlik kengashi kotibining jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi. 

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining qator mansabdorlari ishdan olindi

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining qator vakillari ishdan olindi.

Prezident farmoni bilan Talʼat Shuhratovich Valiyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Administratsiya farmoyishi bilan Baxodir Baxtiyarovich Maxmudov Xavfsizlik kengashi apparati inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirilishini taʼminlash va xalqaro gumanitar hamkorlik shoʻʼbasi mudiri lavozimidan olindi.

Shovqiddin Abduvaliyevich Karshiyev Xavfsizlik kengashi apparati Davlat chegarasi xavfsizligi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilishni taʼminlash shoʻʼbasi bosh konsultanti lavozimidan ozod etildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid