Oʻzbekistonda oʻrtacha nominal ish haqi qariyb 6 mln soʻmga yetdi
Hududlar kesimida eng yuqori oʻrtacha ish haqi Toshkent shahrida kuzatilgan - 10 mln 138 ming soʻm.

Milliy statistika qoʻmitasi Oʻzbekistondagi oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi boʻyicha maʼlumot berdi.
Aytilishicha, 2025 yil yanvar-iyun oylarida oʻrtacha oylik ish haqi 5 982,3 ming soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 17,2% ga oʻsgan.
Oʻrtacha nominal maosh:
-Oʻzbekiston Respublikasi 5 982,3 ming soʻm;
-Qoraqalpogʻiston Respublikasi 4 757,2 ming soʻm;
-Andijon viloyati 4 935,3 ming soʻm;
-Buxoro viloyati 4 787,3 ming soʻm;
-Jizzax viloyati 4 476,8 ming soʻm;
-Qashqadaryo viloyati 4 148,3 ming soʻm;
-Navoiy viloyati 7 486,4 ming soʻm;
-Namangan viloyati 4 350, ming soʻm;
-Samarqand viloyati 4 435,4 ming soʻm;
-Surxondaryo viloyati 4 256,5 ming soʻm;
-Sirdaryo viloyati 4 789,8 ming soʻm;
-Toshkent viloyati 5 674,4 ming soʻm;
-Fargʻona viloyati 4 443,8 ming soʻm;
-Xorazm viloyati 4 720,1 ming soʻm;
-Toshket shahri 10 138,4 ming soʻm.
Hududlar kesimida oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari Toshkent shahrida 10 138,4 ming soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 118,8% ga oʻsganligi kuzatildi.
Shuningdek, bu koʻrsatkich Sirdaryo viloyatida 4 789,8 ming soʻmni (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 118,0%), Jizzax viloyatida 4 476,8 ming soʻmni (117,0%), Fargʻona viloyatida 4 443,8 ming soʻmni (116,9%), Namangan viloyatida 4 350,1 ming soʻmni (116,6%) va Surxondaryo viloyatida 4 256,5 ming soʻm (116,1%)ni tashkil etgan.
Oʻz oʻrnida, oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi Andijon viloyatida 4 935,3 ming soʻm (111,0%), Navoiy viloyatida 7 486,4 ming soʻmni (113,4%), Qoraqalpogʻiston Respublikasida 4 757,2 ming soʻmni (114,2%), Qashqadaryo viloyatida 4 148,3 ming soʻm (114,3%), Buxoro viloyatida 4 787,3 ming soʻmni (114,8%), Toshkent viloyatida 5 674,4 ming soʻm (115,3%), Xorazm viloyatida 4 720,1 ming soʻmni (115,6%) hamda Samarqand viloyatida 4 435,4 ming soʻmni (115,8%) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan oʻsish surʼati pastroq ekanligi kuzatildi.
Eng yuqori maosh beruvchi sohalar: axborot va aloqa oʻrtacha 14 mln 785,8 ming,
bank, sugʻurta, lizing, kredit
va vositachilik faoliyati 16 mln 252,9 ming soʻm.