Jazirama ob-havoda qanday oziq-ovqatlardan tiyilish kerak?
Yozda zaharlanishning chorak qismi sifatsiz goʻsht (buzilgan yoki yaxshi pishirilmagan) bilan bogʻliq boʻladi.

Yozda zaharlanish xavfi yuqori boʻlganligi sababli ovqatlanish ratsioniga ayniqsa ehtiyot boʻlish kerak.
Issiqda qanday ovqatlarni isteʼmol qilish xavfli? Bu savolga rossiyalik gastroenterolog Lyudmila Suxorukova javob berdi.
"Issiq ob-havo xavfli infeksiyalarning tez tarqalishiga yordam beradi. Koʻpincha yuqori haroratdan tez buziladigan mahsulotlarda ham bakterial, ham virusli etiologiyali infeksiya paydo boʻladi ", - dedi Suxorukova.
Dietologning soʻzlariga koʻra, yozda zaharlanishning chorak qismi sifatsiz goʻsht (buzilgan yoki yomon pishirilgan) bilan bogʻliq. Shuning uchun har xil tez tayyorlanadigan taomlar, hot-dog va shaurma xarid qilmaslik kerak.
Suxorukovaning soʻzlariga koʻra, jazirama issiqda eng xavfli oziq-ovqat mahsulotlari goʻsht, sabzavot va pishloqli non mahsulotlari, mayonezli salatlar, qaymoqli bulochka, pishiriqlar va tortlar, qoʻziqorinlar, shuningdek, savdo nuqtalaridan tashqarida sotilayotgan sut mahsulotlari hisoblanadi.
Avvalroq shifokor issiqda kelib chiqadigan allergik kasalliklar boʻyicha tavsiya bergandi.