platina.uz
Jamiyat

Andijonda yana 37 milliard soʻmdan oshiq pul ajratiladi

Shundan 3,7 milliard soʻmi maxsus dastur doirasida tibbiyot muassasalari uchun sarflanadi. 

Andijonda yana 37 milliard soʻmdan oshiq pul ajratiladi

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi pul ajratish boʻyicha navbatdagi qarorini chiqardi. Qaror 2025 yil 24 iyul kuni eʼlon qilingan.

Unga koʻra, Andijon viloyati viloyat byudjetining 2025 yil 2-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan tegishli tashkilot va muassasalarga jami 33 050 (oʻttiz uch milliard ellik) million soʻm;

- Prezidentning 19.05.2025 yildagi PQ-185-son qaroriga asosan “Tibbiyotda 90 kunlik oʻzgarishlar vaqti” dasturi ijrosi uchun tibbiyot muassasalariga 2-ilovaga muvofiq jami 3 700 (uch milliard yetti yuz) million soʻm;

- Andijon viloyatining Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh boʻlgan hududlariga kuzatuv kameralarini oʻrnatish xarajatlari uchun 3-ilovaga muvofiq tumanlar mahalliy byudjetlariga 342,0 (uch yuz qirq ikki) million soʻm;

- umumiy jami 37 092,0 (oʻttiz yetti milliard toʻqson ikki) million soʻm miqdorida mablagʻlar ajratiladi.

Mablagʻlar quyidagicha taqsimlanadi: chegara harbiy qismlarini taʼmirlash va texnikalar uchun 5 mlrd soʻm, viloyat hokimligi maʼmuriy binosini qoʻriqlashdagi qarzni yopish uchun 1,5 mlrd soʻm, tarixiy "Boburnoma" filmini olish uchun 2 mlrd soʻm, Paxtaobod tumani tugʻruq birlashmasini taʼmirlash uchun 2 mlrd 62 mln soʻm, tumandagi yoʻllarni asfaltlash ishlariga 4,5 mlrd beriladi.

Bundan tashqari viloyatdagi tibbiyot muassasalariga 3,7 mlrd soʻm beriladi.

Kuni kecha ham viloyat byudjetidan 15 mlrd soʻm ajratilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid