platina.uz
Jahon

Tailand va Kambodja chegarasida keskinlik: qurbonlar bor

Rasmiy Bangkok oʻz elchisini chaqirib oldi, Kambodja elchisini chiqarib yubordi va diplomatik munosabatlar darajasi pasayganini eʼlon qildi. 

Tailand va Kambodja chegarasida keskinlik: qurbonlar bor

Tailand va Kambodja chegarasida toʻqnashuvlar yuz berdi.

Sakkiz kishi, jumladan, Tailandda ikki tinch fuqaro halok boʻlgan. Davlatlar bir-birini provokatsiyada ayblamoqda.

Tailand va Kambodja oʻrtasidagi chegara mojarosi soʻnggi oʻn yillikdagi eng tarang pallasiga kirdi. Rasmiylarga koʻra, Kambodja bugun Tailandning chegara hududlarini oʻqqa tutdi, natijada ikki tinch aholi halok boʻldi va bir necha askar yaralandi. Bunga javoban Tailand armiyasi Kambodja harbiy obektlariga havo hujumlarini boshladi.

Tailand quruqlikdagi kuchlarining Ikkinchi harbiy hududi bayonotiga koʻra, F-16 qiruvchi samolyotlari Kambodjaning 8 va 9-piyoda batalonlari joylashgan hududlarga zarbalar bergan.

Kambodja Tailand tomonidan qilingan hujumga javoban harakat qilayotganini va oʻz hududiga bomba tashlashni tajovuz sifatida baholaganini aytdi.

Kambodja mudofaa vazirligi Tailand havo kuchlari yoʻlga ikkita bomba tashlaganini tasdiqladi, ammo qurbonlar soniga aniqlik kiritmadi.

Janglar 817 kilometrlik chegaradagi oltita joyda, jumladan Surin, Sisaket va Ubon Ratchathani provinsiyalarida boshlangan. BM-21 koʻp raketa tizimidan fuqarolik hududiga raketa zarbasi halokatga olib keldi.

Tailand hukumati chegaradagi 86 qishloqdan 40 mingga yaqin aholini evakuatsiya qildi. Mamlakatning Pnompendagi elchixonasi oʻz fuqarolariga Kambodjani zudlik bilan tark etishni qatʼiy tavsiya qildi. Tailand oʻz elchisini chaqirib oldi, Kambodja elchisini chiqarib yubordi va diplomatik munosabatlar darajasi pasayganini eʼlon qildi. Kambodja xuddi shunday javob berib, Bangkokni mojaroni boshlaganlikda aybladi.

Taʼkidlash kerak, Tailand Bosh vaziri Patongtarn Chinavatraning Kambodjaning sobiq rahbari Xun Sen bilan suhbati oshkor qilinganidan keyin vakolati vaqtinchalik toʻxtatilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid