platina.uz
Jamiyat

Surxon davlat qoʻriqxonasida yirik yongʻin roʻy berdi

Sherobod tumaniga qarashli hududdagi hodisa qariyb 8 soatda bartaraf etilgan.  

Surxon davlat qoʻriqxonasida yirik yongʻin roʻy berdi

Surxon davlat qoʻriqxonasidagi yongʻin 8 soatda oʻchirildi.

Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Koʻxitang togʻ etaklarida Surxon davlat qoʻriqxonasi hududiga qarashli yer maydonida oʻrmon yongʻinlari kuzatilgan.

23 iyul kuni soat 15:52 da Surxondaryo viloyati FVBga Sherobod tumani, “Qizilolma” MFY hududida joylashgan Surxon davlat qoʻriqxonasiga qarashli hududda taxminan 5 gektar maydonda quruq oʻt yonayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv ekipajlari qutqaruvchilari, tegishli tashkilotlar xodimlari voqea joyiga yetib borishgan. Ushbu yongʻinni bartaraf qilish uchun yetarli kuch va vositalar jalb qilingan.

Xabarga koʻra, yongʻin soat 00:35 da oʻchirilgan.

Jabrlangan va halok boʻlganlar haqida xabar kelib tushmagan.

Avvalroq Olmazor tumanida vodorod periks moddasi havoga sizib chiqqandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid