platina.uz
Jahon

Rossiyada bortida 49 kishi boʻlgan samolyot halokatga uchradi

Hozirda halokat oqibatida tirik qolganlar yoʻqligi aytilmoqda. Samolyot 50 yil avval ishlab chiqarilgan. 

Rossiyada bortida 49 kishi boʻlgan samolyot halokatga uchradi

Rossiyada bortida jami 49 kishi boʻlgan samolyot halokatga uchradi. Dastlabki xabarlarga koʻra, tirik qolganlar yoʻq.

Amur viloyatida bortida 40 dan ortiq odam boʻlgan An-24 yoʻlovchi samolyoti halokatga uchradi.

Angara Airlines aviakompaniyasining An-24 yoʻlovchi samolyoti Tinda aeroportidan bir necha kilometr uzoqlikda radarlardan gʻoyib boʻldi. Uning qoldiqlari Tinda shahridan 15 kilometr uzoqlikda topildi, deya xabar bermoqda “Interfaks” favqulodda xizmatlarga asoslanib.

Rosaviatsiya vertolyoti samolyotning yonayotgan fyuzelyajini aniqladi, deb xabar bermoqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi oʻz Telegram-kanalida.

Favqulodda xizmatlar maʼlumotlariga koʻra, bortda 46 kishi, jumladan 40 yoʻlovchi boʻlgan.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, samolyot Xabarovsk-Blagoveshchensk-Tinda yoʻnalishi boʻylab parvoz qilgan.

“TASS”ning transport prokuraturasiga asoslanib aniqlik kiritishicha, samolyot Tinda aeroportiga qoʻnishga ikkinchi marta yaqinlashayotganda gʻoyib boʻlgan.

Samolyot bundan deyarli 50 yil avval ishlab chiqarilgan. Shu bilan birga, samolyotning parvozga yaroqlilik sertifikati 2036 yilgacha uzaytirilgandi.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasining transport boʻyicha tergov boshqarmasi uch nafardan ortiq odamning oʻlimiga sabab boʻlgan havo kemasining harakati va ekspluatatsiyasi xavfsizligi qoidalarini buzish moddasi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgani haqida xabar berdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid