platina.uz
Jahon

Rossiya va Ukraina Istanbulda navbatdagi muzokaralarni oʻtkazdi: asosiy maʼlumotlar

Kiyev shartlarsiz oʻt ochishni toʻxtatish va avgust oxirida Putin va Zelenskiy uchrashuvini oʻtkazishni taklif etdi. Rossiya bunga javob qaytardi. 

Rossiya va Ukraina Istanbulda navbatdagi muzokaralarni oʻtkazdi: asosiy maʼlumotlar

Ukraina avgust oyi oxirigacha Putin va Zelenskiy uchrashuvini oʻtkazishni taklif qildi. Istanbulda oʻzaro rus-ukrain muzokaralarining navbatdagi raundi boʻlib oʻtdi.

Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustem Umerov muzokaralar yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan matbuot anjumanida bayonotni oʻqib eshittirdi.

Unda aytilishicha, Ukraina toʻliq va shartsiz oʻt ochishni toʻxtatishni talab qilishda davom etmoqda, bu "haqiqiy boʻlishi kerak", deb taʼkidladi Umerov.

Shuningdek, delegatsiya Rossiya va Ukraina rahbarlarining uchrashuvini avgust oyi oxirigacha oʻtkazishni taklif qildi, dedi Umerov. U Rossiyaning bunga munosabati haqida hech narsa demadi.

Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy ham jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Uning nutqidagi asosiy fikrlar:

Tomonlarning pozitsiyalari "bir-biridan ancha uzoq". Uchrashuvda tomonlar 2 iyun kuni almashgan memorandumlar muhokama qilindi. Kiyev taklif qilayotgan ikki davlat prezidentlarining “potensial” uchrashuvi haqida Medinskiy u yerda tinchlik bitimini muhokama qilish emas, balki imzolash zarurligini aytdi. U bunday uchrashuvga puxta tayyorgarlik koʻrish kerakligini taʼkidladi.

Medinskiyning soʻzlariga koʻra, hozirda Ukraina-Belarus chegarasida 250 nafar harbiy asir guruhlarini almashish ishlari yakunlanmoqda.

“Biz yaqin kelajakda har ikki tomondan yana kamida 1200 nafar harbiy asir almashish boʻyicha kelishib oldik”, — deya Medinskiy soʻzlarini keltiradi Interfaks.

Tinch aholini qaytarish masalasi muhokama qilindi. Medinskiyning soʻzlariga koʻra, bu Ukrainaning Kursk viloyatining 30 ga yaqin aholisini ushlab turishi bilan bogʻliq. Hozircha bu borada Ukraina tomonidan hech qanday izoh yoʻq.

Shuningdek, Rossiya muzokaralar boʻyicha uchta guruh tuzish va oʻzaro maʼlumot almashib turishni taklif etgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid