platina.uz
Iqtisod

Andijonda byudjetdan salkam 15 mlrd soʻm pul ajratilmoqda

Pullar viloyat hokimligi, futbol hamda kurash tashkilotlari va boshqalarga beriladi. 

Andijonda byudjetdan salkam 15 mlrd soʻm pul ajratilmoqda

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi mablagʻ ajratish boʻyicha qarorni imzoladi. Qaror 2025 yil 23 iyul kuni chiqarilgan.

Unga koʻra, Andijon viloyati viloyat byudjetining 2025 yil 2-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan ilovaga muvofiq tegishli tashkilot va muassasalarga jami 14 mlrd 815 million soʻm miqdorida mablagʻlar ajratiladi.

Jumladan, shahar va tumanlar hokimliklari huzuridagi "Fuqarolar tashabbuslari jamgʻarmasi" taqsimotiga asosan 10 mlrd soʻm ajratiladi. Viloyat hokimligi xodimlarining 2025 yil 3-chorak ish haqida qoʻshimcha sifatida 2 mlrd 680 mln soʻm beriladi, futbol assotsiatsiyasi viloyat boʻlimiga ish haqi uchun 200 mln, tadbir xarajatlari uchun yana 200 mln soʻm beriladi.

Kurash federatsiyasiga "Xonobod open" turnirin oʻtkazish uchun 1 mlrd soʻm taqdim etilishi koʻzda tutilgan. Ushbu federatsiyasiga ish haqi xarajatlari uchun yana 200 mln soʻm oʻtkaziladi.

Avvalroq Toshkentda 81,5 mlrd soʻm ajratilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid