platina.uz
Jamiyat

Yer qaʼridan foydalanishga oid huquqbuzarlik boʻyicha xabar berganlar ragʻbatlantiriladi

Foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash sohasidagi huquqbuzarlikda solingan jarimaning 5 foizi beriladi. 

Yer qaʼridan foydalanishga oid huquqbuzarlik boʻyicha xabar berganlar ragʻbatlantiriladi

Yer qaʼridan foydalanishga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar ragʻbatlantiriladi.

Hukumat qarori (457-son, 22.07.2025 y.) bilan “Yer qaʼridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, shaxslar huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etishi hamda “Geomonitoring” tizimi orqali Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga yuborishi lozim.

Foto va video materiallarda quyidagilar aks ettirilishi kerak:

- sodir etilgan huquqbuzarlik;

- huquqbuzarlik sodir etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);

- huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, sana va vaqt.

Foto va video materiallar 15 ish kunida koʻrib chiqiladi.

Foto va video materiallarni yuborgan shaxslar quyidagi miqdorlarda pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:

- keng tarqalgan noruda foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olish yoki boshqa joyga tashish boʻyicha – huquqbuzardan undirilgan mablagʻlar hisobidan BHMning 1 baravari;

- foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash sohasidagi boshqa huquqbuzarlik boʻyicha – huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 5 foizi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid