platina.uz
Jamiyat

Yarim yilda giyohvand moddalar bilan bogʻliq 7 mingdan oshiq jinoyat aniqlandi

Xususiy shifoxonalarga esa foydalanilgan giyohvandlik vositalaridan boʻshagan ampulalarni yoʻq qilish vakolati berilmoqda. 

Yarim yilda giyohvand moddalar bilan bogʻliq 7 mingdan oshiq jinoyat aniqlandi

Oʻzbekistonda narkotik moddalar bilan bogʻliq jinoyatlar statistikasi eʼlon qilindi.

Joriy yilning I yarmida huquq-tartibot idoralarining saʼy-harakatlari natijasida:

- 7 311 ta narkojinoyatlar aniqlandi;

Jinoyatlarning:

- 38 foizini giyohvandlik vositalarini oʻtkazish maqsadisiz saqlash (JK 276-m);

- 38 foizini giyohvandlik vositalarini oʻtkazish (JK 273-m);

- 13 foizini taqiqlangan ekinlarni yetishtirish (JK 270-m);

- 10 foizini boshqa holatlar (JK 186³, 251, 251¹, 246, 271, 274, 275-m) tashkil etadi.

Shuningdek, Narkotiklarni nazorat qilish milliy markaziga koʻra, 1,6 tonna giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qoʻyildi.

Giyohvandlik vositalarining 61 foizini “gashish”, 19 foizini “opiy”, 12 foizini “marixuana” va 8 foizini boshqa moddalar tashkil etgan.

Xususiy shifoxonalar ayrim toʻlovlardan ozod etiladi. Bu boʻyicha qonunchilikda yangi tartib belgilanmoqda.

Endilikda, xususiy shifoxonalarga foydalanilgan giyohvandlik vositalaridan boʻshagan ampulalarni yoʻq qilish vakolati berilmoqda.

Maʼlumot uchun: hozirda boʻsh ampulalar faqatgina davlat tibbiyot muassasalari tomonidan shartnoma asosida yoʻq qilib kelinmoqda. Bu esa xususiy shifoxonalardan keraksiz toʻlovlarni undirilishiga sabab boʻlmoqda edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid