Yaponiya bosh vaziri isteʼfoga chiqadi
20 iyul kuni boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida hukmron blok koʻpchilik ovozni yoʻqotib, magʻlub boʻlgan.

Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba avgust oyi oxirigacha isteʼfoga chiqishini bildirdi. Bu haqda “Mainichi” gazetasi xabar bergan.
Isteʼfodan oldin u uchta sobiq hukumat rahbarlari: Yosixide Suga, Fumio Kisida va Taro Aso bilan uchrashishni rejalashtirgan.
Agar vazir isteʼfoga chiqsa, parlamentning navbatdan tashqari yigʻilishida yangi bosh vazir saylovi oʻtkaziladi. Ayni paytda hukmron Liberal-demokratik partiya (LDP) parlamentda ozchilikni tashkil etadi. Uning raisi Sigeru Isiba saylovda yutqazishi mumkin, deb yozadi gazeta.
20 iyul kuni boʻlib oʻtgan saylovlarda LDP va "Komeito" partiyasidan iborat hukmron blok parlament yuqori palatasida koʻpchilikni yoʻqotdi. Bu Isiba uchun ketma-ket ikkinchi yirik saylov magʻlubiyatidir.
2024 yilning kuzida hukmron koalitsiya parlamentning asosiy quyi palatasida koʻpchilikni yoʻqotdi. Shundan soʻng, LDPdagi koʻpchilik, gazeta yozganidek, bosh vazirni isteʼfoga chiqishni talab qila boshladi.
Eslatib oʻtamiz, Isiba hokimiyatga 2024 yil oktabrda kelgandi. Agar u lavozimdan ketsa bu Yaponiyada 2020 yildan buyon toʻrtincha vazir almashuvi boʻladi.