Xitoy Yevropa sanksiyalariga keskin munosabat bildirdi
Rossiyaga qarshi 18-sanksiyalar paketidan Xitoy kompaniyalari ham joy olgandi. Bu rasmiy Pekin tomonidan sovuq kutib olindi.

Xitoy Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar yuzasidan jiddiy bayonot berdi.
Xitoy Savdo vaziri Van Ventao Yevropa Ittifoqining Xitoy kompaniyalarini Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketiga kiritish qarori yuzasidan savdo boʻyicha Yevropa komissari Marosh Shefchovichga jiddiy norozilik bildirgan. Bu haqda vazirlik saytidagi xabarda aytiladi.
Taʼkidlanishicha, Ventao va Shefchovich 22 iyul kuni videomuloqot oʻtkazgan. Tomonlar Xitoy va YeI oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik masalalarini “ochiq va chuqur” muhokama qildilar.
“Shuningdek, Xitoyning ikki moliya institutini Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketiga kiritish boʻyicha jiddiy taqdimot namoyish etildi”, — deyiladi bayonotda.
Eslatib oʻtamiz, YeI allaqachon Rossiyaga qarshi 19-sanksiya paketi ustida ish boshlagan. "Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda biz Rossiyani oʻt ochishni toʻxtatishga majburlash uchun keng koʻlamli sanksiyalar paketini qabul qildik. Va biz yana yangi, qattiqroq sanksiyalar paketini tayyorlaymiz”, dedi Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barrot.
18-sanksiyalar paketi Rossiya neft sanoatiga zarba berishni kkoʻzda tutadi. U eng qattiq sanksiyalardan biri deb atalgandi. Shuningdek, Gʻarb Xitoyni Rossiyani urushda qoʻllashda ayblab keladi.