Oʻzbekiston jahon pasportlari reytingida oʻrnini yaxshiladi
Reytingda Singapur, Yaponiya va Janubiy Koreya yetakchilik qilmoqda.

Oʻzbekistonning kuchli pasportlar reytingidagi oʻrni oʻzgardi. Bu haqda The Henley Passport Index maʼlumot berdi.
Unda Oʻzbekiston 74-oʻrinni egalladi. Mamlakat fuqarolari 62 yoʻnalishga vizasiz bora oladi.
Markaziy Osiyo davlatlarining reytingdagi oʻrni quyidagicha:
-Qozogʻiston – 63-oʻrin (79 ta yoʻnalish);
- Qirgʻiziston – 73-oʻrin (63 ta yoʻnalish);
- Oʻzbekiston – 74-oʻrin (62 ta yoʻnalish);
- Tojikiston – 80-oʻrin (56 ta yoʻnalish);
- Turkmaniston – 85-oʻrin (49 ta yoʻnalish).
Oʻzbekiston bundan avvalgi reytingda 80-oʻrinni qayd etgandi.
Birinchi oʻrinni Singapur band etgan (193 davlat). Keyingi oʻrinlarni esa Yaponiya va Janubiy Koreya egalladi. Rossiya va Turkiya 46-oʻrinda (114 davlat).
Eng soʻnggi pogʻonalarni Afgʻoniston, Suriya va Iroq egallagan.