platina.uz
Siyosat

DXX raisi Afgʻoniston mudofaa vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda Bahodir Qurbonovning ikki oʻrinbosari ham ishtirok etgan. 

DXX raisi Afgʻoniston mudofaa vaziri bilan uchrashdi

DXX raisi Afgʻoniston mudofaa vaziri bilan uchrashdi. Bu haqda afgʻonistonlik vazirning X sahifasida xabar berilgan.

22 iyul kuni Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-polkovnik Bahodir Qurbonov Kobul shahrida Afgʻoniston islom amirligi Milliy mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchisi Mulla Muhammad Yoqub bilan uchrashgan.

Uchrashuvda DXX raisining oʻrinbosari Farrux Muxtorov, rais oʻrinbosari chegara qoʻshinlari qoʻmondoni Salimjon Hasanov va boshqa rasmiy delegatsiya aʼzolari qatnashdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Afgʻonistondagi xavfsizlik holati va iqtisodiy taraqqiyotdan mamnun ekanini, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash muhimligini taʼkidlagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid