platina.uz
Siyosat

AQSh YuNESKOni tark etishini eʼlon qildi

Prezident Donald Tramp tashkilotni “Amerika va Isroilga qarshi” kayfiyatda ayblagan.

AQSh YuNESKOni tark etishini eʼlon qildi

AQSh Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YuNESKO) tarkibidan chiqishga qaror qildi.

Davlat departamenti matbuot xizmati bayonotiga koʻra, AQShning YuNESKO tarkibidan chiqish muddati 2026 yilning 31 dekabriga toʻgʻri keladi.

Qoʻshma Shtatlar oʻz qarori haqida tashkilot rahbariyatini allaqachon xabardor qilgan. Davlat departamenti YuNESKOga aʼzolik AQShning “milliy manfaatlariga javob bermasligini” taʼkidladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp tashkilotni “Amerika va Isroilga qarshi” kayfiyatda, shuningdek, “hukumatga qarshi kun tartibi”ni ilgari surayotganlikda ayblagan. Qaror maʼmuriyat tashabbusi bilan tashkilot faoliyatini 90 kunlik koʻrib chiqishdan soʻng qabul qilindi, deb yozadi New York Post.

Nashr xabariga koʻra, joriy yilning fevral oyida Tramp AQShning YuNESKOdagi ishtirokini qayta koʻrib chiqishni buyurgan, bunda antisemitizm va Isroilga qarshi ehtimoliy tendensiyalarni tekshirishga alohida eʼtibor qaratgan.

YuNESKO - BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti. Ushbu sohalarda xalqaro hamkorlik orqali tinchlikni mustahkamlash maqsadida 1945 yilda tashkil etilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid