Ukraina elchisi Oʻzbekistondagi missiyasini yakunlamoqda
Mikola Doroshenko 2020 yildan buyon ushbu vazifani egallab kelayotgandi.

Oʻzbekistondagi Ukraina elchisi Mikola Doroshenko oʻz missiyasini yakunlamoqda.
Ukraina elchisi Nikola Doroshenko Oʻzbekistondagi missiyasi yakunlanayotganini maʼlum qildi. Bu haqda elchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tegishli qarorni qabul qilgan.
“Prezident diplomatik korpuslardagi rotatsiya boʻyicha qaror qabul qildi.
Bu mening yurtim, xalqim rahbariyatining yuksak ishonchidir va men buni oqlash uchun bor kuch-gʻayratimni sarfladim. Men chuqur motivatsiya va bor kuchim bilan Ukraina va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishga hissa qoʻshdim. Men oʻz ishimni baholash huquqini boshqalarga qoldiraman va ishonch bilan aytamanki, qilgan ishlarimdan uyalmayman.
Men uchun qiyin davrda – urush davrida davlat manfaatlarini ifodalash va himoya qilish sharafiga muyassar boʻldim”, – deb yozadi Doroshenko.
U Ukrainani qoʻllab-quvvatlagani uchun oʻzbek jamiyatiga oʻz minnatdorligini bildirgan.
Doroshenko 2020 yilda mazkur lavozimni egallagandi.