Toshkent viloyatida noqonuniy diniy saboq berayotganlar ushlandi
Mazkur shaxslar hamda bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan belgilangan tartibda jazo tayinlangan.

DXX Toshkent viloyatida noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida, 21 yoshli va 43 yoshli ikki nafar ishsiz fuqaro noqonuniy diniy oʻqish tashkil qilganliklari fosh etildi.
Jumladan, 21 yoshli fuqaro Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan xonadonlardan birida 31 nafar bolalarga, 43 yoshli fuqaro esa Toshkent tumanidagi xonadonlardan birida 12 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq bergan.
Noqonuniy faoliyat yuritgan mazkur shaxslar hamda bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan qonunlarda belgilangan tartibda jazo tayinlandi.
Namanganda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari qoʻlga olingandi.