Sentabrdan AI-80 benzini ishlab chiqarish toʻxtatiladi
2026 yildan faqat yuqori oktanli avtobenzinlar sotiladi. Bu qaror “Oʻzbekiston–2030” strategiyasi doirasidagi atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot maqsadlariga muvofiq qabul qilinmoqda.

AI-80 benzin ishlab chiqarish toʻxtatiladi.
“Oʻzbekneftgaz” 2025 yil sentabrdan AI-80 benzini ishlab chiqarishni toʻliq toʻxtatishni rejalashtirmoqda.
Joriy yilning oʻzida AI-80 zaxiralari tizim korxonalari omborlarida tugatiladi.
2026 yildan faqat yuqori oktanli avtobenzinlar ( AI-91, AI-95) sotilishi rejalashtirilgan.
Bu qaror “Oʻzbekiston–2030” strategiyasi doirasidagi atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot maqsadlariga muvofiq qabul qilinmoqda. Prezident farmoniga binoan, 2025 yil yakuniga qadar AI-80dan foydalanish va sotishni cheklash uchun barcha resurslar safarbar etiladi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmonida 2025 yil yakuniga qadar aholini sifatli, ekologik toza va arzon yoqilgʻi bilan taʼminlagan holda AI-80 rusumli avtomobil yoqilgʻisidan foydalanish va sotishni cheklash belgilangan edi.