Oʻzbekistonda ob-havo harorati biroz pasayadi
Lekin havo harorati keskin oʻzgarmaydi. Masalan, janubiy hududlarda harorat 42 darajagacha isiydi.

Oʻzbekistonda yaqin orada ob-havoning keskin salqinlashuvi kuzatilmaydi. Gidrometeorologiya xizmati 21-30 iyul kunlari uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Shimolda havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-26 iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 23-25 iyulda 37-42°, 26-30 iyulda 34-39° boʻladi.
Buxoro va Navoiyda havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-26 iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23-28 iyulda 24-29°, 29-30 iyulda 23-28°, kunduzi 23-26 iyulda 38-43°, 27-30 iyulda 35-40° boʻladi.
Markaziy viloyatlardan havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-26 iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23-28 iyulda 23-28°, 29-30 iyulda 22-27°, kunduzi 23-26 iyulda 36-41°, 27-28 iyulda 35-40°, 29-30 iyulda 34-39° boʻladi.
Janubiy hududlarda havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-26 iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23-28 iyulda 25-30°, 29-30 iyulda 23-28°, kunduzi 23-27 iyulda 38-43°, 28-30 iyulda 37-42° boʻladi.
Fargʻona vodiysida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-27 iyulda 23-28°, 28-30 iyulda 22-27°, kunduzi 23 iyulda 36-41°, 24-28 iyulda 35-40°, 29-30 iyulda 33-38° boʻladi.
Togʻli joylarda havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-26 iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-27 iyulda 19-24°, 28-30 iyulda 17-22°, kunduzi 23-26 iyulda 28-33°, 27-30 iyulda 25-30° boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, 17 iyuldan boshlab Oʻzbekiston hududiga juda issiq ob-havo massalari kirib keldi. Harorat janubda 44-46 darajagacha oshdi.