OAV: Abbosbek Fayzullayev Turkiya jamoasi bilan kelishuvga erishdi
"Istanbul Bashakshehir" transfer uchun SSKAga 7,5 million yevro toʻlab beradi.

Abbosbek Fayzullayev Turkiya jamoasiga oʻtish boʻyicha kelishgani aytilmoqda.
SSKA hujumkor yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev "Istanbul Bashakshehir" sharafini himoya qiladi.
Bu haqda qator oʻzbek va xorij nashrlari yozdi.
Abbosbek yangi jamoasida 11-raqam ostida harakat qiladi.
"Istanbul Bashakshehir" transfer uchun SSKAga 7,5 million yevro toʻlab beradi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi oʻtgan mavsum SSKA tarkibida 39 oʻyin oʻtkazgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ham "Istanbul Bashakshehir"ga qoʻshilgandi.