platina.uz
Jahon

Binyamin Netanyaxuga ichak yalligʻlanishi tashxisi qoʻyildi

U ovqatdan zaharlangani aytilmoqda. Bosh vazir bir necha kun masofadan turib vazifasini bajaradi. 

Binyamin Netanyaxuga ichak yalligʻlanishi tashxisi qoʻyildi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga ichak yalligʻlanishi tashxisi qoʻyilgan. Buning sababi buzilgan ovqat isteʼmol qilish boʻlgan. Bu haqda Bosh vazir devoni matbuot xizmati xabar berdi.

Netanyaxu 20 iyulga oʻtar kechasi oʻzini yomon his qila boshlagan. Hozirda uning ahvoli yaxshi deb baholanmoqda. Bosh vazir hozirda davolanish muolajalarini oʻtkazmoqda. U keyingi uch kun davomida uyda ishlaydi.

Oʻtgan yilning oxirida Benyamin Netanyaxu prostata bezini olib tashlash bilan bogʻliq operatsiyani muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Davolanish davrida Bosh vazir vakolatlarini Isroil Adliya vaziri Yariv Levin amalga oshirdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Isroil harbiylari Gʻazoda oziq-ovqat uchun kelayotganlarni oʻqqa tutib, 32 kishini oʻldirgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid