platina.uz
Jamiyat

Air China Toshkentga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻydi

Parvozlar haftasiga uch marta - seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Air China Toshkentga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻydi

Air China aviakompaniyasi Pekin va Toshkent oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni ochdi.

Xitoyning Air China milliy aviatashuvchisi xalqaro miqyosdagi ishtirokini kengaytirishda davom etmoqda va Pekin-Toshkent-Pekin yoʻnalishi boʻyicha muntazam reyslarni ochish orqali ilk bor Oʻzbekiston bozoriga kirmoqda.

19 iyul kuni soat 19:40 da Toshkent xalqaro aeroportiga aviakompaniyaning birinchi reysi kelib qoʻndi.

Zamonaviy Boeing-737 laynerida yetib kelgan ekipaj va yoʻlovchilar anʼanaviy suv arkasi va gullar bilan kutib olindi.

"Biz Xitoy va Oʻzbekiston poytaxtlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyishdan mamnunmiz. Ishonchimiz komilki, bu yoʻnalish savdo, sayyohlik va madaniy aloqalarni rivojlantirishda muhim boʻgʻinga aylanadi. Air China nafaqat yoʻlovchilarni tashish, balki odamlarni, shaharlarni va imkoniyatlarni bogʻlovchi yangi ufqlarni ochishga intiladi. Biz aviakompaniya parvozlarning har bir bosqichida ishonchlilik, qulaylik va yuqori xizmat koʻrsatishga eʼtibor qaratamiz", — deya taʼkidladi kompaniya vakili.

Parvozlar haftasiga uch marta - seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Air China - Xitoyning eng yirik va asosiy aviatashuvchisi. Star Alliance aʼzosi hisoblanadigan kompaniya 1988 yilda tashkil etilgan va Pekin aeroportida joylashgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid