Vetnamda sayyohlar kemasi agʻdarilib, 34 kishi halok boʻldi
Hodisaga kuchli boʻron sabab boʻlgan, 11 kishi qutqarilgan.

Vetnamda boʻron tufayli Wonder Sea turistik kemasi agʻdarilib, 34 kishi halok boʻldi. Bu haqda VnExpress mahalliy hokimiyatga asoslanib xabar berdi.
Shuningdek 11 kishi qutqarib olindi, bortda jami 48 nafar sayyoh va besh nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan.
Halong sayyohlik qayiqlari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Bui Kong Xoanning aytishicha, yoʻlovchilar orasida 14 yoshli bola ham boʻlib, u agʻdarilib ketgan kemaning yarim suv bosgan kabinasida toʻrt soat vaqt oʻtkazgan.
"Kema agʻdarilgan va yoʻlovchilar saloni qulflangan boʻlsa-da, kislorod kirishi uchun etarli boʻlgan taxminan 50-60 sm boʻshliq bor edi, shuning uchun bola tirik edi", deb tushuntirdi u.
Qutqaruvchilar bolani qutqarish uchun derazani sindirishga majbur boʻlgan.
Nashr qayd etishicha, qidiruv ishlari davom etmoqda, biroq kuchli yomgʻir va qorongʻulik tufayli koʻrishning yomonlashuvi qutqaruvchilarning harakatlariga sezilarli darajada toʻsqinlik qilmoqda.
Avvalroq Gʻazoda 32 kishi halok boʻlgandi.