Isroil va Suriya oʻt ochishni toʻxtatishga kelishdi
Kelishuvga AQSh koʻmagida erishilgan, Turkiya va Iordaniya buni olqishladi.

Isroil va Suriya oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldilar.
Bu haqda AQShning Turkiyadagi elchisi Toms Barrak X tarmogʻidagi akkauntida yozdi.
"Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa Qoʻshma Shtatlar koʻmagida Turkiya, Iordaniya va qoʻshni davlatlar tomonidan olqishlagan oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldilar.
Biz druzlar, badaviylar va sunniylarni qurollarini tashlab, Suriyada tinchlik va yangi birlik qurishga chaqiramiz", deyiladi xabarda.
Suriya va Isroil oʻrtasidagi keskinlashuv shu haftaning oʻrtalarida avj oldi. Suriyada druzlar va badaviylar oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlar bilan boshlandi, keyinchalik hukumat qoʻshinlari aralashgan.
Isroil rasmiylari oʻz chegaralarida zoʻravonliklarga toqat qilmasliklarini iddao qilib chiqdi, shundan soʻng yahudiy armiyasi Suriyadagi harbiy obʼektlarga havo hujumlarini amalga oshirdi.