platina.uz
Jahon

Isroil harbiylari oziq-ovqat uchun kelgan falastinliklarga qarata oʻt ochdi

Natijada 32 nafar kishi halok boʻlgan. Oziq-ovqat AQSh kompaniyasi tomonidan tarqatilayotgan edi. 

Isroil harbiylari oziq-ovqat uchun kelgan falastinliklarga qarata oʻt ochdi

19 iyul kuni Isroil qoʻshinlari Gʻazo janubida AQSh kompaniyasi tomonidan boshqariladigan oziq-ovqat tarqatish markaziga yoʻl olgan olomonga qarata oʻt ochdi va kamida 32 falastinlikni oʻldirdi.

Buni guvohlar va mahalliy sogʻliqni saqlash rasmiylari tasdiqlagan.

Bundan tashqari Isroil aviatsiyasining anklav shimolidagi Gʻazo shahriga havo hujumlari natijasida yana 18 falastinlik halok boʻldi. Hujumlar Gʻazo gumanitar jamgʻarmasi (GHF) tomonidan boshqariladigan markazlar yaqinida sodir etilgan.

Isroil harbiylari ikki hodisa haqidagi xabarlarga javob bermadi.

GHF may oyi oxirida AQSh va Isroil koʻmagida ish boshlagan. Ikki hukumat bu tashabbusni Gʻazoning BMT boshchiligidagi anʼanaviy yordam tarqatish tizimini HAMAS jangarilari taʼminotni oʻgʻirlaganlikda ayblaganidan soʻng boshlagan.

Delaverda joylashgan GFH oʻzining ikki oydan ortiq faoliyati davomida och falastinliklarga millionlab dona ovqat tarqatganini aytgan. Mahalliy rasmiylar va guvohlarning aytishicha, tarqatish nuqtalariga yetib borishga uringan yuzlab falastinliklar Isroil kuchlari tomonidan oʻldirilgan.

Gʻazo Sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlum qilishicha, 32 qurbonning jasadi Nosir shifoxonasiga yetkazilgan, yana 70 kishi turli darajadagi jarohatlar bilan ushbu muassasaga yotqizilgan.

Avvalroq Isroil va Suriya oʻt ochishni toʻxtatishga kelishgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid