platina.uz
Jahon

YeI Rossiyaga qarshi "kuchli sanksiyalar" paketini joriy etdi

Rossiya nefti uchun eng baland narx taxminan 47,6 dollargacha kamaytiriladi. Sanksiyalar "Shimoliy oqim 1" va "Shimoliy oqim 2" gaz quvurlari bilan bogʻliq tranzaksiyalarni ham taqiqlaydi. 

YeI Rossiyaga qarshi "kuchli sanksiyalar" paketini joriy etdi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini maʼqulladi.

Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasning soʻzlariga koʻra, bu “hozirgi kungacha Rossiyaga qarshi joriy etilgan eng qattiq sanksiyalardan biri”.

Kallasning aytishicha, Yevropa Ukrainani qoʻllab-quvvatlashdan voz kechmaydi va Rossiya urushni tugatmaguncha bosimni kuchaytiradi.

YeIning Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 18-paketi G7 mamlakatlari uchun neft narxini bir barrel uchun taxminan 47,6 dollargacha kamaytirishni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, sanksiyalar “Shimoliy oqim 1” va “Shimoliy oqim 2” gaz quvurlari bilan bogʻliq tranzaksiyalarni taqiqlashni nazarda tutadi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi ismi oshkor etilmagan daniyalik diplomatga asoslanib.

Avvalgi oqshom Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso mamlakatning Yevropa Ittifoqidagi vakillariga 18-sanksiya paketini qoʻllab-quvvatlashni topshirganini aytdi. Oʻzining videomurojaatida Fitso Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Leyen bilan gaz narxi boʻyicha Slovakiya uchun kafolatlar boʻyicha kelishib olganini tushuntirdi. Uning soʻzlariga koʻra, sanksiyalarning keyingi bloklanishi “teskari samara” keltiradi.

Slovakiyaning veto qoʻyishi 18-sanksiya paketining qabul qilinishiga yagona toʻsiq boʻldi. Bungacha Bratislava Yevropa Ittifoqi tashabbusini olti marta bloklagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid