platina.uz
Jahon

UNICEF: Gʻazoda har kuni 28 nafar bola halok boʻlmoqda

2023 yil oktabrdan beri davom etayotgan urushda esa 17 mingdan ortiq bola halok boʻldi. 

UNICEF: Gʻazoda har kuni 28 nafar bola halok boʻlmoqda

UNICEF Ijrochi direktori Ketrin Rasselning aytishicha, Gʻazoda bir kunda 28 nafar bola halok boʻlmoqda.

BMT yuqori martabali rasmiylarining tashkilot Xavfsizlik Kengashida maʼlum qilishicha, Gʻazodagi urush uchun eng yuqori badalni bolalar toʻlamoqda.

UNICEF ijrochi direktori Ketrin Rassel va BMTning gumanitar masalalar boʻyicha rahbari Tom Fletcher Isroilning davom etayotgan bombardimonlari fonida bolalar oʻlimi, ochlik va sogʻliqni saqlash tizimlarining vayron boʻlishi keskin oshgani haqida ogohlantirdi.

UNICEF maʼlumotlariga koʻra, Gʻazoda har kuni oʻrtacha 28 bola halok boʻladi va 2023 yil oktabrdan beri davom etayotgan urushda 17 mingdan ortiq bola halok boʻldi.

Rassel Gʻazodagi 1 million bolaning har biri urushdan azob chekayotganini aytdi. Bu bolalar umrbod urush oqibatlariga duchor boʻlishadi, dedi Rassel.

"Gʻazodagi 21 oylik urushda 17 mingdan ortiq bola halok boʻldi, 33 ming nafari yaralandi. Oʻrtacha har kuni 28 bola oʻldiriladi, bu butun bir oʻquv sinfiga teng", - deydi u. "Bir oʻylab koʻring: deyarli ikki yil davomida har kuni butun bir sinf bolalari oʻldiriladi. Bu bolalar jangchilar emas - ular oʻz hayotini saqlab qolish uchun oziq-ovqat va dori-darmonlarga navbatda turganlarida oʻldirilib, mayib boʻlmoqdalar".

"Bolalar mojarolarni boshlamaydilar va ularni toʻxtatishga ojizdirlar. Lekin ular juda koʻp azob chekishmoqda va nima uchun dunyo ularga shafqatsiz munosabatda ekaniga doim hayron boʻlishadi", - deb taʼkidladi Ketrin Rassel.

Eslatib oʻtamiz, Gʻazoda Isroil hujumlari sabab halok boʻlganlar soni 55 ming nafar kishiga yaqinlashdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid