platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahar prokurori lavozimi hozircha vakant

Platina.uz ushbu masala yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati bilan bogʻlandi. 

Toshkent shahar prokurori lavozimi hozircha vakant

Toshkent shahar prokurori lavozimi hozircha vakant boʻlib turibdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Platina.uzʼga maʼlum qildi.

Ayrim nashrlar Anvar Oʻrmonov Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida yozgan.

Lekin Oʻrmonov ushbu lavozimni egallamagan, u prokurorning birinchi oʻrinbosari sifatida rahbarlik lavozimini vaqtincha bajarib turibdi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahar prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Erkin Yuldashev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Komplayens xizmati boshligʻi lavozimiga tayinlangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid