platina.uz
Sport

BRICS sport tashkilotining Oʻzbekistondagi vakili tayinlandi

2026 yilda BRICS oʻyinlarida taekvando ITF sportchilari ilk bor ishtirok etadi.

BRICS sport tashkilotining Oʻzbekistondagi vakili tayinlandi

Oʻzbekiston taekvando ITF Milliy Assotsiatsiyasi rahbari Laziz Hasanov BRICSning Strategik loyihalar xalqaro alyansi sport markazi vitse-prezidenti, shuningdek, Oʻzbekistondagi rasmiy vakili etib tayinlandi.

BRICS sport tashkiloti doirasidagi mazkur tayinlov Oʻzbekiston sportining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, koʻp tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va yosh avlod uchun xalqaro sport imkoniyatlarini kengaytirishda muhimdir.

Eslatib oʻtamiz, Taekvando ITF 2025 yilda rasman BRICS oʻyinlari dasturiga qoʻshildi.

Ushbu voqea taekvando tarixida ilk marta ushbu sport turining BRICS xalqaro sport maydonida rasmiy tan olinishi boʻldi.

2026 yilda Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtadigan navbatdagi BRICS oʻyinlarida taekvando ITF sportchilari ilk bor ishtirok etadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid