platina.uz
Jamiyat

Bojxona inspektori plastik karta orqali pora olayotganda ushlandi

U tanishi orqali 57 dona telefonni IMEI-kodi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazib berishni vaʼda qilgan. 

Bojxona inspektori plastik karta orqali pora olayotganda ushlandi

Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan.

Unda Namangan viloyati bojxona boshqarmasi “Uchqoʻrgʻon” chegara bojxona postining bojxona nazorati va rasmiylashtiruv guruhi inspektori Davlatobod tumanida yashovchi, 1993 y.t. shaxsning xorijdan olib kelingan 57 dona “Iphone 16 PRO MAX” telefon qurilmalarini Toshkent xalqaro aeroportida ishlovchi bojxona xodimi orqali IMEI-kodi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazib berishni vaʼda qilgan. Evaziga har bir uyali aloqa vositasi uchun 100 AQSh dollaridan, jami 5700 AQSh dollari hamda muqaddam fuqaro tomonidan chet eldan deklaratsiyada koʻrsatmagan holda kiyim-kechaklarni olib kelganligi yuzasidan chora koʻrmaganligi evaziga 400 AQSh dollari talab qiladi.

Inspektor joriy yilning 11 va 14 iyul kunlari soʻralgan pul mablagʻidan 900 AQSh dollari hisobida 11 mln 317 ming soʻmni oʻzi va qarindoshiga tegishli bank plastik kartalariga oʻtkazdirib oladi.

Ammo, 16 iyul kuni u 1000 AQSh dollari hisobida 12 mln. 550 ming soʻmni qarindoshining bank plastik kartasiga oʻtkazdirib olgan vaqtida DXX, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Bojxona qoʻmitasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan bojxona inspektoriga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qirgʻizistondan 5,2 mlrd soʻmlik tillalarni olib kirayotgan shaxs ushlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid