"Toʻylar muborak" filmi rejissyori vafot etdi
Eduard Xachaturov faoliyati davomida "Katta jang oldidan", "Ilk yoʻlovchilar", "Chegara hududi", "Choʻl"," Yaxshi yigit" kabi filmlarni ham ishlagan.

"Toʻylar muborak" filmi rejissyori Eduard Xachaturov vafot etdi.
Bu haqda Oʻzbekiston Kinoarboblar uyushmasi xabar berdi.
Eduard Xachaturov 1936 yilda Toshkentda tugʻilgan. 1967 yilda "Oʻzbekfilm"da rejissyor sifatida ishlagan.
Maʼlumot uchun, Eduard Xachaturov ijodiy faoliyati davomida “Katta jang oldidan”, “Toʻylar muborak”, “Ilk yoʻlovchilar”, “Chegara hududi”, “Choʻl”, “Yaxshi yigit”, “Har uchinchi”, “Ringga chorlamoqda” kabi filmlarni suratga olgan.