platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahar IIBB inspektori qoʻlga olindi

U haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga pul talab qilgan. 

Toshkent shahar IIBB inspektori qoʻlga olindi

Haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga pul talab qilgan inspektor ushlandi.

Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Patrul-post xizmati inspektori xizmat mavqeini suiisteʼmol qilgan holda oʻzganing ishonchiga kirgan.

U fuqaroning Navoiy viloyatida yashovchi, 1995 y.t. tanishini davlat imtihonidan muvaffaqqiyatli oʻtkazib, unga haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytadi.

DXX Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida Yunusobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda inspektor 1500 AQSh dollari va kirish imtihoni uchun toʻlanishi lozim boʻlgan 1 mln 900 ming soʻm pul mablagʻlarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avval Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasining boʻlinma boshligʻi ushlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid