Shifokor jaziramada jismoniy harakat qilishning xataridan ogohlantirdi
Kuchli issiqda ortiqcha faollik, ayniqsa sport yoki har qanday ogʻir jismoniy ishlardan voz kechib turish kerak.

Jazirama vaqtida ochiq havoda mashq qilish va yugurish sogʻliqning keskin yomonlashuviga va hatto reanimatsiyagacha olib kelishi mumkin.
Bu haqda rossiyalik kardiolog, anesteziolog-reanimatolog Anton Vaxlyayev maʼlum qildi.
Vaxlyayevning taʼkidlashicha, jaziramada ortiqcha faollik, ayniqsa sport yoki har qanday ogʻir jismoniy ishlardan qochish kerak.
“Oʻz sogʻligʻiga, qomatiga gʻamxoʻrlik qilayotganga eslatma: jaziramada dam olish rejimini buzib mashq qilganlar ogʻir ahvolga tushishi va vaziyat halokatli yakunlanishi ham mumkin”, dedi shifokor.
Issiqda salqin joyda dam olish va koʻproq suyuqlik ichish kerak, dedi shifokor.
Anton Vaxlyayev, shuningdek, issiq havoda yurak-qon tomir, endokrinologik, surunkali kasalliklar bilan ogʻrigan va ortiqcha vaznga ega odamlar xavf ostida ekanligini aytdi.
Mutaxassisning fikricha, semirish kabi kam vazn ham issiqlik urishi ehtimolini oshiradigan omil hisoblanadi. Shuning uchun bolalar kattalarga qaraganda yuqori harorat taʼsiriga koʻproq moyil. Kichik tana massasi tufayli ular tezroq qizib ketishadi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston hududida 17-19 iyul kunlari kuchli jazirama kutilmoqda. Bugun ayrim hududlarda harorat 44-45 darajagacha koʻtarildi.