Koʻkdaladagi portlash yuzasidan jinoiy ish ochildi
Ushbu hodisa oqibatida 4 kishi halok boʻlgandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Koʻkdaladagi zapravkada 4 kishi halok boʻlgani ortidan jinoiy ish ochildi.
Koʻkdala tumanida sodir boʻlgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205 (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) va 259 (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tegishli soha mutaxassislari ishtirokida yongʻin koʻlami va yetkazilgan zararlarning miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida sud-tibbiy, yongʻin kelib chiqishini aniqlash boʻyicha sud-kimyoviy, biologiya, kriminalistika va yongʻin texnikaviy ekspertizalari tayinlandi, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 16 iyul kuni Koʻkdala tumanidagi zapravkada portlash sodir boʻldi. Oqibatda 4 kishi halok boʻldi.