Ijaraga olingan mashinalarni birovlarga pullab yuborgan firibgar jazoga tortildi
U oldin Sirgʻali bozorida avtomashina oldi-sotdisi bilan shugʻullangan va katta qarz tufayli ushbu jinoyatlarni sodir etganini aytgan.

2025 yil 18 iyun kuni jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tumani sudi odamlardan uy va mashina ijaraga olib, jinoyat sodir etgan shaxsga hukm chiqarildi. Sud ishi nusxasi Platina.uz ixtiyorida mavjud.
Maʼlum boʻlishicha, ayblanuvchi O.I. oʻziga ishonib topshirilgan mulkni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilish hamda takroran ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing juda koʻp miqdordagi mulkini qoʻlga kiritishda ifodalangan jinoiy qilmishni sodir etgan.
U Yunusobod tumanida oʻzi ijaraga olgan uyning yotoqxonasida turgan
jami bahosi 10 000 000 soʻmlik bir dona yumshoq divan, kiyinish stoli, yotoqxona mebeli, shkafi va jovonchasini, shuningdek bir dona bahosi 1 900 000 soʻmlik, oʻlchami 32 dyumli “Artel” rusumli televizorini ijtimoiy tarmoqning “Olx.uz” sayti orqali sotuvga qoʻyib, tergovda shaxsini aniqlashning imkoni boʻlmagan shaxslarga sotib yuborgan.
Bundan tashqari, I.O. oʻzining jinoiy harakatlarini davom ettirib, “My Rent” MChJga kelib, goʻyoki avtomashinani ijaraga olishga ehtiyoji borligini aytgan. U avtomashina uchun 2.400.000 soʻm ijara pulini toʻlab, soʻngra Andijon viloyati hududida tergovda aniqlashning imkoni boʻlmagan shaxsga sotib yuborgan. Soʻngra “Bussines Rent Car” MChJga borib, 26 ming dollar turadigan “Malibu-2” rusumli avtomashinani uch kun ichida qaytarib olib kelish sharti bilan kelishib, uni ham Andijon viloyatida sotib yuborgan. U shundan soʻng yana ushbu MChJdan "Malibu 2" avtomobili olib, uni tanishiga sotgan va dastlab 7.000 AQSh dollari olib, avtomashina uchun kelishilgan pulning qolgan qismini olganidan soʻng, uning nomiga notarial tartibda rasmiylashtirib berishga vaʼda qilib, olingan pulni oʻzining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Sudlanuvchi O.I. eʼlon qilingan ayblovga toʻliq iqrorlik va qilmishidan chin koʻngildan pushaymonlik bildirdi. U oldin Sirgʻali bozorida avtomashina oldi-sotdisi bilan shugʻullanganib yurganligi, bundan tashqari uy qurilishi uchun pul tikib, qarzga kirib qolganligi, foizga qarz olib, qarzlarini qaytara olmay qolganligini maʼlum qilgan.
Ayblanuvchiga oʻtash uchun ish haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 7 oy 24 kun axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Ish boʻyicha yetkazilgan zararlar qoplanib, daʼvogarlar sudlanuvchiga daʼvosini yoʻqligini bildirgan.
Sud ishi Oliy sud portalidan olindi.