Germaniya va Buyuk Britaniya muhim mudofaa kelishuviga erishdi
Nemis kansleri Mers kelishuvni tarixiy deb atadi. Mamlakatlar xavf tugʻilganda oʻzaro yordam majburiyatini olmoqda.

Germaniya kansleri Fridrix Mers va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer mudofaa sohasida hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Shartnoma Mersning Londonga tashrifi chogʻida tuzilgan boʻlib, har ikki davlat uchun har qanday strategik xavf tugʻilganda oʻzaro yordam koʻrsatish bandini oʻz ichiga oladi.
"Bu Germaniya va Britaniya munosabatlaridagi tarixiy lahza. Biz nafaqat mudofaa va tashqi siyosat, balki iqtisod va ichki siyosatdagi hamkorligimizni kengaytirmoqchimiz", - deya xabar beradi Germaniya kansleri.
Bitim ikki davlat oʻrtasida migratsiya, xavfsizlik, savdo va infratuzilma sohalarida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni nazarda tutadi.
Endi Germaniya va Fransiya Typhoon Eurofighter qiruvchi samolyoti va Boxer zirhli avtomobili kabi birgalikda ishlab chiqarilgan uskunalarga xaridorlarni jalb qilish maqsadida eksport kampaniyalarini oʻtkazadi.
Shartnoma shuningdek, Buyuk Britaniyada Stark dronlarini ishlab chiqaruvchi zavodni qurishni ham nazarda tutadi. Har ikki davlat Fransiya bilan oʻxshash kelishuvlarga ega. Germaniya va Buyuk Britaniya tomonidan imzolangan kelishuv Yevropada Berlin-Parij-London mudofaa uchburchagining shakllanishini yakunladi.