platina.uz
Jahon

Eron oliy rahbari AQSh va Isroilni ogohlantirdi

U Isroilni "AQShning zanjirband iti" deb atadi va tahdid boʻlganda kuchli javob vaʼda qildi. 

Eron oliy rahbari AQSh va Isroilni ogohlantirdi

Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy mamlakat Isroil va AQShning yangi hujumlariga kuchli javob berishga tayyorligini aytdi.

Oliy rahbar Eronning yangi zarbasi AQShning Qatardagi Al-Udeyd havo bazasiga qilgan avvalgi hujumidan ancha kuchliroq boʻlishini taʼkidladi, deb xabar bermoqda TRT Global.

“Xalqimiz Qoʻshma Shtatlar yoki ularning zanjirband itidan, sionistik rejimdan qoʻrqmaydi”, - dedi u davlat televideniyesi orqali chiqishida.

Iyun oyi oxirida Ali Xomanaiy Amerikaning Eron yadroviy inshootlariga hujumi natijasida "hech qanday muhim narsa" yuz bermaganini aytgandi. Shu bilan birga, uning soʻzlariga koʻra, amerikaliklar Tehronning Qatardagi AQSh harbiy bazasiga hujumida yetkazilgan zararni kamaytirib koʻrsatgan.

13 iyun kuni Isroil Eronning eng yirik yadro va mudofaa inshootlariga hujum qilib harbiy operatsiya boshladi.

Koʻp oʻtmay Tehron javob operatsiyasini boshladi. Oʻzaro hujumlar 12 kun davom etdi. 22 iyun kuni AQSh Isfaxon, Natanz va Fordodagi yadroviy inshootlarga zarba berdi. Ertasi kuni esa Eron AQShning Iroq va Qatardagi harbiy bazalariga hujum qildi. Ulardan biri mintaqadagi eng yirik baza Al Udeyd edi.

16 iyulda Isroil Suriya hududiga ham zarbalar berdi.

Avvalroq prezident Donald Tramp Eronga yana hujum ehtimolini rad etmagandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid