Xoʻjayli tumanidagi bogʻchalar vaqtincha yopiladi
Bunga 16-18 iyul kunlari ob-havoning +40 darajadan yuqori boʻlishi sabab qilib keltirilgan.

Shu yilning 16-18 iyul kunlari ob-havoning +40 darajadan yuqori boʻlishi sababli Xoʻjayli tumani hududidagi barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha toʻxtatiladi.
Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli tumani hokimining qarori eʼlon qilindi.
Qaror 2025 yil 15 iyul kuni chiqarilgan.
Eslatib oʻtamiz, 17-19 iyul kunlari Oʻzbekiston hududidiga juda issiq havo oqimlari kirib kelmoqda.