Saida Mirziyoyevaga yangi vakolatlar berildi
Endi Administratsiya rahbari Prezident maslahatchilari va boʻlinma rahbarlarining oʻrinbosarlarini tayinlashi mumkin boʻladi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga yangi vakolatlar berilmoqda.
Bu haqda "Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident farmonida keltirib oʻtilgan.
Endilikda Administratsiya rahbari:
– Prezident maslahatchilari va boʻlinma rahbarlarining oʻrinbosarlarini tayinlaydi va ozod etadi, mazkur lavozimlarga avval tayinlangan mansabdorlarni lavozimidan ozod etadi;
-Administratsiya xodimlari shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
– mahalliy va xorijiy ekspertlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb qilishi mumkin;
– xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazadi va salohiyatli kadrlarni tanlab oladi;
– mutaxassislar uchun ish haqini milliy yoki chet el valyutasida belgilaydi;
– xarajatlar smetasini va moddiy ragʻbatlantirishni mustaqil tasdiqlaydi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq ushbu farmon bilan AOKA tugatilgani va uning vazifalari boshqa tashkilotlarga boʻlib berilgani xabar qilingandi.