Qashqadaryodagi zapravkada toʻrt kishi halok boʻldi
Gaz toʻldirish stansiyasining yoqilgʻi saqlash rezervuarida portlash yuz bergan.

Qashqadaryodagi zapravkada portlash va yongʻin sabab 4 kishi halok boʻldi.
16 iyul kuni Qashqadaryo viloyati, Koʻkdala tumani, “Oltindala” MFYda joylashgan aholiga gaz toʻldirish stansiyasi hududida yoqilgʻi saqlash rezervuarida chaqnash va undan soʻng yongʻin kelib chiqqan.
Shunga koʻra 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaj voqea joyiga yetib borib, yongʻin toʻliq oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro vafot etgan.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.
FVV xabarida aytilishicha, voqea joyiga Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori boshchiligidagi bir guruh tajribali mutaxassislar yuborilgan.